Yangiliklarga qaytish
Qurbon hayiti bayrami arafasida akademik litseyimizning ko‘ngilli o‘quvchi-yoshlari tomonidan ichki hududda obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi
Qurbon hayiti bayrami arafasida akademik litseyimizning ko‘ngilli o‘quvchi-yoshlari tomonidan ichki hududda obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi. Tadbir davomida o‘quvchilar faollik va jamoaviy hamjihatlik namunasini ko‘rsatib, litsey hududining yanada ozoda va fayzli bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Bunday ezgu tashabbuslar yoshlar qalbida mehnatsevarlik, birdamlik va atrof-muhitga e’tibor kabi fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

