Asosiy qismga o'tish
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasi, 112-uy (Mo'ljal: 'Bodomzor' metro bekati)
info@tatual.uz
Dushanba – Shanba, 8:30 – 16:00
Bosh sahifa/Litsey haqida

Litsey haqida

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) huzurida faoliyat yurituvchi nufuzli davlat ta'lim muassasasi hisoblanadi. Litsey 2006-yilda tashkil etilgan bo'lib, Toshkent shahri Yunusobod tumani Bog'ishamol ko'chasida joylashgan.

Litsey haqida

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyi — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) huzurida faoliyat yurituvchi nufuzli davlat ta'lim muassasasi hisoblanadi. Litsey 2006-yilda tashkil etilgan bo'lib, Toshkent shahri Yunusobod tumani Bog'ishamol ko'chasida joylashgan.

Litseyning asosiy maqsadi — bilimga chanqoq va iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, ularga chuqurlashtirilgan fundamental ta’lim berish hamda yetakchi milliy va xalqaro oliy o‘quv yurtlariga munosib tayyorlashdir.

Litseyda matematika, fizika, chet tillari, axborot texnologiyalari va boshqa fanlar bo'yicha yuqori malakali pedagog xodimlar, fan nomzodlari va doktorlari mashg'ulotlar olib borishadi.

2006
Ta'sis etilgan
TATU
Universitet

Maqsadimiz

Bilimga intiluvchan yoshlarning intellektual salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish va aniq fanlar bo‘yicha chuqur fundamental ta’lim berish.

Qadriyatlar

Akademik halollik, yuksak mas'uliyat, intellektual salohiyat va milliy qadriyatlarga sodiqlik.

Natijadorlik

Bitiruvchilarimizning mutlaq ko'pchiligi TATU va nufuzli milliy hamda xorijiy oliygohlarga talabalikka qabul qilinadi.

O'quv muhiti

Zamonaviy kompyuter laboratoriyalari, amaliy mashg'ulotlar va zamonaviy ta'lim texnologiyalari.

Rahbariyat

Litsey rahbariyati

Akademik litsey ma'muriyati va rahbarlari

Pedagog xodimlar

Kafedralar

0 malakali pedagog 0 ta kafedrada dars olib boradi

Barcha kafedralarni ko'rish

Kafedralar haqida ma'lumot mavjud emas

40+
Pedagog xodimlar
3+
Fan nomzodlari va doktorlar
20+
Yillik pedagogik tajriba
FAQ

Ko'p beriladigan savollar

Litseyga kirish uchun my.edu.uz portali orqali belgilangan muddatda onlayn ro'yxatdan o'tish va Bilimni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan kirish test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirish lozim.

Litseyga umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinfini muvaffaqiyatli tugatgan va umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi attestatga ega bo'lgan o'quvchilar qabul qilinadi.

Litsey ta'limi 2 yil davom etadi (10 va 11-sinflar).

Ha, xalqaro va respublika fan olimpiadalari g'oliblari (1-3 o'rinlar) hamda belgilangan darajadagi milliy yoki xalqaro til sertifikatlariga (IELTS, TOEFL, CEFR) ega abituriyentlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar qo'llaniladi.

Litseyda yotoqxona mavjud emas.

Litseyda 2 ta akademik yo'nalish mavjud: Aniq fanlar (Texnika: Matematika, Fizika) va Aniq fanlar (Iqtisodiyot: Matematika, Ingliz tili).